Akmal Mozgovoy: "Bugungi g'alabani muxlislarga bag'ishladik"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy Tojikistonga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin ajoyib muhitda o'tdi, deb o'ylayman. Muxlislarning qo'llab - quvvatlashi qo'shimcha kuch berdi. Biz har doim g'alabani ularga bag'ishlaymiz. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Eron jiddiy raqib. Bu bahsda ham muxlislarni xursand qilish uchun to'p tepamiz",- deydi Akmal Mozgovoy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia