Akmal Azizxo'jaev xotira turnirida bu yil 2010 yilda tavallud topgan avlod qatnashadi

Nadirkhuja Yuldashev
22 apr 2019, 17:47
27 aprel - 1 may kunlari Toshkent shahrida "Paxtakor" jamoasining shonli tarixidan muqim joy olgan, marhum, Akmal Azizxo'jaev xotirasiga bag'ishlangan futbol musobaqasi bo'lib o'tadi.

Anaviy tarzda o'tkazib kelinadigan bu yilgi musobaqada, 2010 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat 12ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda o'z kuchlarini sinab ko'radilar. 


Azizixo'jaevlar oilasi va "Mejik Futbol" klublari hamkorligida o'tkazilayotgan turnirda quyidagi jadval asosida bo'lib o'tadi.


"A" guruhi: "Paxtakor-1", "Chig'atoy", "Spartak", "Nasaf"

"B" guruhi: "Paxtakor-2", "Bunyodkor-1", "Odil Junior", BO'SM-16

"S" guruhi: "Bunyodkor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Mejik Futbol"


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif