Akbar Usmonov: "Hali zabt etilmagan marralar ko'p"

Narzulla Saydullayev
14 apr 2022
O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yinchisi Akbar Usmonov Osiyo chempionati saralashi va raqiblar haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

"Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarganimizdan xursandmiz. Jamoadoshlarimda kayfiyat a'lo darajada. Endilikda Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. 

Saralashdagi terma jamoalar o'ziga yarasha kuchli. Ularning orasida Afg'onistonni ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Yaxshi shakllangan tarkib bilan kelishgan ekan. Oldinga intilishda davom etamiz. Hali zabt etilmagan marralar ko'p",- deydi Akbar Usmonov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia