Akbar Usmonov: "AGMK bilan o'yinda omadimiz kelmadi"

Sherzod Nurmatov
25 dek 2021
Futzal bo'yicha Oliy liganing 4-tur uchrashuvlari yakunlandi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” ushbu turda chempionatdagi dastlabki mag'lubiyatini AGMKdan qabul qilib oldi.

 Xo'sh, ortda qolgan turdan “temiryo'lchilar” yetakchisi Akbar Usmonov qanday fikrda? Buni futbolchi bilan suhbat davomida bilib olamiz. 

“Bilasiz, 4-tur markaziy o'yin bilan boshlandi. O'ylashimcha, mazkur tur bahslari muxlislarga ajoyib o'yinlarni taqdim qilib berdi. Umuman olganda, mag'lub bo'lmas jamoaning o'zi yo'q (kuladi). Bu – futbol. AGMK bilan o'yinda yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Qolaversa, raqib ham o'ziga yarasha kuchga ega bo'lgan jamoa. Nazarimda, shu kungi bahsda bizning omadimiz kelmadi. Menimcha, chempionlik uchta jamoa o'rtasida kechadi. Shuni aniq ayta olamanki, so'nggi turga qadar barchasi qiziq o'tishi aniq. Chempionlik poygasi uzoq davom etadi va barchasini yakunda ko'ramiz”, - deya so'zini yakunladi Usmonov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia