Akbar To'raev: “Namanganda o'ynash doim qiyin bo'lgan”

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2016, 14:43
“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldin mehmonlar posboni Akbar To'raev o'z fikrlarini bildirdi.
“Namanganda o'ynash xar doim qiyin bo'lgan. Buni statistika ham ko'rsatib turibdi. Maydonning har bir qarichi uchun keskin kurash kechadi deb o'ylayman. Muxlislarning daldasi namanganliklarni oldinga chorlaydi. Raqibni o'rganib chiqdik. O'tgan turda ulardan yaqqol omad yuz o'girdi. Raqib safida Oleksandr Pishur, Xayrulla Karimov, Obid Jo'raboev va bir qancha yigitlar bilan birga o'ynaganmiz. Ularning qanday mahoratga egaligini bilamiz. O'yin tomashabop bo'ladi digan umiddaman, uch ochko olishga intilamiz!”, - deydi To'raev.

“Bunyodkor” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia