Ajoyib texnologiya! "Liverpul" o'sha vaziyatda gol urishi uchun necha santimetr etmay qoldi?

Mirjalol Normatov
4 yanv 2019, 21:15
Kecha "Liverpul" safarda APLning 21-turi doirasida "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi o'rtalarida ajoyib holat yuzaga keldi. Bu pallada Jon Stounz tepib yuborgan to'p Edersonga tegib golga aylanishi mumkin edi.

Biroq Jon Stounz to'pni qaytarib qolishga erishdi va bu golga aylanmadi.

APL kabi turnirda bu pallada ajoyib texnologiya ishga tushadi. Agarda to'p darvoza chizig'ini butunlay kesib o'tsa, hakamning qo'lidagi soatga vibraciya beradi.

Agarda Jon Stounz soniyaning milliondan bir ulushiga kechikkanida ham gol bo'lardi. Ma'lum bo'lishicha, u 1,12 santimetr qolganida to'pni tepib yuborishga erishgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia