Ajoyib! "Portu" futbolchilari shifokorlarga minnatdorchilik bildirish maqsadida maxsus liboslarda maydonga chiqishdi

Alisher
4 iyun 2020, 14:50
Kecha Portugaliya chempionati doirasida "Famalikan" va "Portu" (2:1) jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

"Ajdarlar" "Super Doc" yozuvli maxsus liboslarda maydonga chiqishdi. Bu COVID-19'ga qarshi kurashayotgan shifokorlar hurmati uchun amalga oshirildi.

Qayd etish kerakki, klub homiysi bo'lmish pivo brendi "Super Bock" o'rniga "Super Doc" yozuvi paydo bo'ldi. Ammo, klub rahbariyati homiy bilan bu borada gaplashgan va bitta o'yinga ruxsat olingan.

Yana bir ajoyib jihati, futbolchilar ismlari "Portu" tibbiy xodimlari tomonidan yozilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia