Ahmedovning taklifi bilan O'zbekistonda bo'lib turgan italiyalik murabbiy Boysunda

Aslanov Jasurbek
27 noya 2019, 11:14
O'zbekistonda bolalar futbolini rivojiga o'zining munosib xissasini kushayotgan Odil Ahmedovning taklifi bilan O'zbekistonda bulib turgan italiyalik mutaxassis Daniel Andreoci bugun Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

1 hafta davomida Odil Ahmedov akademiyasining 2009-2012 yillarda tavallud topgan futbolchilari bilan mashg'ulot olib borgan rimlik keyingi haftada To'raqo'rg'ondagi bazada 2005-2008 yillarda tavallud topgan futbolchilar bilan ishladi. Xafta davomida murabbiylarga kerakli maslaxatlarni berish bilan birga Rimning "Roma" jamoasi tomonidan qo'llaniladigan test mashg'ulotlarini o'tkazdi.


Endigi hafta Andreoci Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida bo'ladi. Bu erga tashrifdan asosiy maksad, 2020 yil yoz faslida ochilishi kutilayotgan Boysun Futbol akademiyasi loyihasi bilan tanishish. Bu borada Elmurodovlar oilasi hududga katta futbolni qaytarish yo'lida keng ko'lamda ish olib borayaptilar. 26-27 noyabr kunlari mutaxassis bu yerdagi futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazadi.


28-29 noyabr kunlari Andreoci Samarqanddagi "Odil Ahmedov FA" filialida bo'ladi va bu yerdagi futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazib, test oladi.

To'rtinchi haftada murabbiy poytaxtda 6 kunlik seminar tashkil etadi va murabbiylar malakasini oshirish yo'lida o'zining kerakli maslahatlari va 2018 yil takdim etilgan metodika bo'yicha amaliy qo'llanmalarni namoyish etib beradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia