Ahmedov va Nesterov "Navbahor"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2023, 22:55
"Navbahor" yozgi transfer oynasida tarkibiga ikki tajribali futbolchini qo'shib oldi.
Bu haqda "lochinlar" matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'zbekiston terma jamoasi sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov "Navbahor"ga erkin agent sifatida o'tdi. Posbonning so'nggi klubi "Qizilqum" bo'lgan edi.

Azim Ahmedov esa 2023 yilning yozida "Turon" bilan xayrlashib, namangaliklar safini to'ldirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia