Agueroning penta-trigi Angliya Premer-Ligasi tarixidagi eng tezkori bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
3 okt 2015, 21:26
"Manchester Siti"ning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero "Nyukasl"ga qarshi o'yinda 5 ta gol kiritdi.

U Endi Koul, Alan Shirer, Jermeyn Defo va Dimitar Berbatovlarning natijalarini takrorladi.

Biroq, Agueroning natijasi APL tarixidagi eng tezkor penta-trik sifatida tarixga kirdi. U o'zining 5 ta golini 20 daqiqa ichida kiritdi.

Shuningdek, tez gol kiritish bo'yicha ushbu natija Yevropaning 5 ta kuchli chempionatlari ichida uchinchi natija hisoblanadi. Bungacha Ladislao Kubale (1952 yil, 19 daqiqa) va Robert Levandovskilar (2015 yil, 9 daqiqa) bunday natijaga erishishgan.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru