Aguero APL rekordini o'rnatdi

4 yanv 2019, 07:55
Serxio Aguero “Liverpul”ga qarshi o'yinda (2:1) bitta gol urishga erishdi.

Bu Agueroning “Sit” o'z maydonida “Liverpul”ga qaarshi o'tkazgan ketma-ket 7-o'yinida gol urishi bo'ldi. Natijada Serxio APL rekordini o'rnatdi. Boshqa hech qaysi futbolchi o'z maydonidagi ketma-ket 7 ta o'yinda bitta raqib jamoa darvozasini ishg'ol qilmagandi.

Shuningdek, mazkur gol Agueroning klublar uchun urgan 250-goli bo'ldi. Serxio APLda 153 ta, La Ligada 74 ta, Argentina chempionatida esa 23 ta gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka