AGMKning Turkiyadagi mashg'ulotidan GALEREYA

Narzulla Saydullayev
6 fev 2022
AGMK jamoasining Antalyadagi yig'ini boshlandi.

Mirjalol Qosimov boshchilgidagi olmaliqliklar bugun Turkiya vaqti bilan soat 11:00da "Calista Sports Centre" sport majmuasida mashg'ulotni boshlashdi.

Oldinroq xabar berganimizdek mashg'ulotga eronlik yarim himoyachi Siavash Haqnazari qo'shildi. Legioner hujumchi Aleksandr Kasyan kichik jarohati borligi sababli faqat yugurish bilan cheklandi. Klub matbuot xizmati boshlig'i Shahboz Beg'amovning yaqinda o'tgan tug'ilgan kuni bilan butun jamoa "tabrikladi".

Yaqin vaqt ichida saytimizda AGMKning mashg'ulotidan videolavhani taqdim etamiz. Unda sizlarni syurpriz kutmoqda.




Tolibjon Qosimov

Belek, Turkiya


Fotogalereyani to'liq holda (38ta surat) saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia