AGMKni qarshi hujum taktikasida mag'lub etdik - Ro'ziqul Berdiev

19 okt 2018, 22:25
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Olmaliqda qo'lga kiritilgan g'alabada tanlangan taktikaning xizmati katta bo'lganini ta'kidladi.

"Jamoam tartibli o'yin namoyish etdi. AGMK o'tgan o'yinlarda ketma-ket muvaffaqiyatga erishib kelayotgandi. Bugun ham raqibdan ko'proq to'pga egalik qilib, hujumkor o'yin namoyish etishini kutgandim. Shu boisdan ham ko'proq himoyaga e'tibor qaratib, qarshi hujum taktikasida o'ynadik. O'yinga tuzgan rejamiz o'zini oqladi. AGMKga ko'proq hujumga o'tish imkonini berib, o'zimiz ikkinchi raqam ostida o'ynadik. Futbolchilar ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi. Natijada muhim g'alabani tantana qildik", - deya jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning o'yin haqidagi fikrlarini chop etdi klub rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia