AGMK sobiq futbolchisi Pavel Matyash jamoasini o'zgartirdi

Alisher
24 yanv 2020, 18:45
2018 yilgi mavsumda olmaliqliklar safida harakat qilgan qirg'izistonlik darvozabon Pavel Matyash mamlakatning yetakchi jamoasidan ketdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tajribali posbon faoliyatini "Olg'a" klubida davom ettiradi. Posbon mazkur klub darvozasini  2015 yil ham qo'riqlagan. 

Pavel o'tgan mavsumni "Dordoy" klubida o'tkazdi. 

32 yoshli futbolchi Qirg'iziston terma jamoasida 41ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2019 yil BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: prosports.kg

Shuningdek o'qing