AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi o'tkazilish sanasi ma'lum

Aslanov Jasurbek
25 mar 2018, 14:56
AGMK hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi Superliganing qoldirilgan 4-tur uchrashuvi qachon o'tkazilishi ma'lum bo'ldi.

PFL rasmiy saytining xabar berishicha, “Lokomotiv” futbol klubining OCHL 5-tur doirasida “Al Vaxda” klubiga qarshi BAAda bo'lib o'tadigan o'yinga 1 aprelda safarga otlanishini inobatga olib O'zbekiston milliy chempionati Superligasining “AGMK” hamda “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi  4-turning qoldirilgan o'yinini 31 martga belgiladi.

Mazkur uchrashuv 31  mart kuni soat 18:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz