

Bu gal olmaliqliklarga Rossiya 2-divizioni vakili "Nefteximik" raqib bo'ladi. Bu uchrashuvda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan 16 nafar futbolchi ishtirok etadi. Qolgan futbolchilar mashg'ulot bilan cheklanishadi. Sababi, futbolchilarda etarli o'yin amaliyotini tashkil etish maqsadida 10 fevral kuni yana bir nazorat o'yini tashkillashtiriladi.
AGMK yana bir marta Luganskning "Zarya" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Bugungi "Nefteximik" bilan bahs mahalliy vaqt bilan 16:00da Topkape sport majmuasida boshlanadi.



