AGMK 2019 yilgi oxirgi yig'inni yakunladi va qisqa tatilga chiqdi

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 14:47
AGMK bugun Qibraydagi stadionda joriy yil hisobidagi oxirgi mashg'ulotni o'tkazdi.

Kunning dastlabki yarmida o'tgan mashg'ulotdan keyin Do'rmondagi qarorgohda to'plangan jamoa birgalikda tushlik qildi va jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov  jamoadagi barcha personal hamda futbolchilar bilan yil yakunlariga bag'ishlangan kichik yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda so'z olgan Mirjalol Qo'shoqovich o'tkazilgan yil uchun qo'l ostidagi hammaga rahmat aytib, yangi yilni barcha oila a'zolari bilan yaxshi kayfiyatda o'tkazishini tiladi. Va futbolchilarga yangi yil bayrami munosabati bilan 4 kunlik qisqa tatil berildi.

Yig'ilishda so'z olgan Sanat Shixov Mirjalol Qosimovga unga bildirgan ishonchi va birga yonma-yon o'ynagan futbolchilar hamda butun murabbiylar shtabidagi personallarga minnatdorchilik bildirdi. Shixov AGMKda uni iliq kutib olishgani va hamjihat bo'lgan ajoyib kollektivni unutmasligini ta'kidlab, yangi chorlovni qabul qilayotganini e'lon qildi hamda AGMK jamoasi bilan iliq xayrlashdi. Shu o'rinda AGMK jamoasi sharafini himoya qilgan Sanat Shixovning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz!

Eslatib o'tamiz, AGMK jamoasining yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ikkinchi yig'in 2020 yil 3 yanvar kunidan boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати