Agent: "Serxio faoliyatini "Real"da yakunlashni istamoqda"

Mirjalol Normatov
15 dek 2020
"Real" futbolchisi Serxio Ramosning agenti va akasi Rene futbolchining klub bilan shartnomasining uzaytirishi borasida gapirdi.

"Futbol hamma narsa bo'lishi mumkin. Biroq tomonlarning munosabati ajoyib. Shu sababdan Serxio faoliyatini "Real"da yakunlashni istamoqda. O'z navbatida klub ham bu istakni tushunib turibdi.

Biroq hali bu borada muzokaralar boshlanmagan. Klub bunga rozi bo'lsa, biz ham muzokaralarni boshlaymiz", - dedi agent.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal