

"Yurgen Klopp Keytadan uning sevimli poziciyasida foydalanishni boshlagan kun, uning "Liverpul"ga nima bera olishini ko'rasiz. Birinchi navbatda, u pleymeyker, boshqalarni kafolatlovchi emas", - deb yozdi Kebe.
26 yoshli gvineyalik futbolchi "Liverpul" safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushdi.
Keytaning Angliya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



