Agar Telo "Fiorentina" o'yinlarini yarimidan kamida maydonga tushsa, "Barselona"ga 3 mln. evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2016, 16:41
"Barselona" hujumchisi Kristian Teloning "Fiorentina"ga o'tishi borasidagi bazi shartlar ma'lum bo'ldi.

Oldinroq Telo ijara asosida Florenciyaga qaytishi haqida e'lon qilingan edi. Agar futbolchi "Fiorentina" rasmiy o'yinlarining 70%dan kamida maydonga tushsa, Kataloniya klubiga 1 mln. evro to'laydi. Agar Telo uchrashuvlarning 60%dan kamida ishtirok etsa, 2 mln. evro to'laydi. Kristian Florenciya klubi safida o'yinlarning 50%dan kamida maydonga tushsa, "Barselona" hisobiga 3 mln. evro o'tkazib beradi. Bundan tashqari, "Fiorentina" Telo ijarasi uchun ko'k-anorrangilarga 500 ming evro to'lashi lozim. Italiyaliklar mavsum oxirida futbolchining transfer huquqini 8 mln. evroga sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca