Agar Nagelsmann klubning transferlariga aralashmasa, “Tottenxem”ni boshqarishdan voz kechadi

Alisher
25 apr 2023, 10:03
Germaniyalik murabbiy Yulian Nagelsmann “Tottenxem”ni boshqarishga rozi bo'lishi uchun shartlarini ma'lum qildi.

"Independent" xabariga ko'ra, 35 yoshli murabbiy joriy mavsum yakunlangandan keyingina ish boshlashni va klubning transfer kelishuvlarida so'nggi so'zni aytishni istaydi.


Eslatib o'tamiz, Omadsiz mavsumdan so'ng Antonio Konte iste'foga chiqarilgandi. Keyinchalik vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajarishi lozim bo'lgan Kristian Stellini ham “Nyukasl Yunayted”dan uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com