Agar Mourinyo iste'foga chiqarilsa Xuande Ramos "Chelsi"ni vaqtinchalik boshqarishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
16 dek 2015, 19:10
Agar "Chelsi" rahbariyati Joze Mourinyoni iste'foga chiqaradigan bo'lsa, "aristokratlar"ni Xuande Ramos vaqtinchalik boshqarib turishi mumkin.

Avvalroq esa londonliklar klubi rahbariyati Mourinyoning klubdagi kelajagi borasida muhokama qilganliklari haqida xabar qilingandi.

Ma'lum bo'lishicha, agar portugaliyalik murabbiy klubdan ketadigan bo'lsa unga 50 million evro tovon puli to'lanishi mumkin. Uni o'rnini esa Xuande Ramos egallaydi.

Eslatib o'tamiz, Xuande Ramosning so'nggi ish joyi "Dnepr" bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Times