

Bu haqda UEFA ijro qo'mitasi a'zosi Grigoriy Surkis ma'lum qildi. Oldinroq Kosovo va Gibraltar futbol federatsiyalari FIFAga qabul qilingan edi.
"Agar Kosovo va Gibraltar jahon chempionatining saralash turniriga kiritilsa, Rossiya H guruhida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziuvchi oltinchi jamoa bo'lishni to'xtatadi. Bunday holatda UEFA menejmenti Rossiya terma jamoasi uchun raqib qidirish bilan shug'ullanadi. Bu UEFAning vakolatiga kiradi" - dedyi Surkis.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi mezbon bo'lgani tufayli JCH-2018 saralashida ishtirok etmaydi, ammo H guruhidagi jamoalar (Belgiya, Bosniya va Gertsegovina, Gretsiya, Estoniya va Kipr) bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi kerak.



