Agar Di Mariya Oltin to'pni olsa MYU Realga 4 mln funt to'laydi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2014, 11:10
Manchester Yunayted va Real klublari Anxel di Mariyaning transferi borasidagi bir qator bandlarni oshkor qilishdi.
The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, shartnomada agar Di Mariya Oltin to'pni olsa MYU Realga 4 million funt to'laydi. Bu taklif Madrid klubidan chiqqan.

Eslatib o'tamiz, Di Mariya uchun Manchester Yunayted 59,7 million funt to'ladi va APL rekordini yangiladi. Futbolchi ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru