Afsonaviy himoyachi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2025, 11:37
Mats Xummels professional futbolchi sifatidagi faoliyatini rasman tugatdi.

Dortmundliklar u bilan "Yuventus"ga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan ta’sirchan xayrlashdi.

36 yoshli himoyachi va Dortmundning "Borussiya"si timsollaridan biri Mats Xummels jamoa libosidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Bahorda u professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi. Klub esa uni munosib ravishda kuzatib qo'yishga qaror qildi.

Xummels "Yuventus"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida asosiy tarkibda sardorlik bog'chasi bilan maydonga tushdi va 18 daqiqa harakat qildi. Shundan so'ng u almashtirildi va stadionda qarsaklar sadosi tinmadi. Xummels cheksiz olqishlar ostida hayrlashish va dastxat ulashish uchun muxlislar oldiga bordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports