
Ayni paytda Ukraina olimpiya qo'mitasi Prezidenti va jahon engil atletika federatsiyasi Vice-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Sergey Bubka O'zbekistonga tashrifi chog'ida yangi qurilayotgan O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi va engil atletika federatsiyasi binolari qurilish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, "Paxtakor" stadionida klubimiz menejeri Samvel Babayan bilan ham uchrashdi. Menejerimiz afsonaviy sportchiga klub hayoti va stadion to'g'risida ma'lumot berib, unga jamoaning birinchi raqamli libosini sovg'a qildi.