Afrikaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar (Top-10)

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 16:19
Ro'yxatda 10 nafar futbolchi bor.

Afrika Futbol Konfederatsiyasi Afrikaning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Bu ro'yxatga Riyod Marez (“Manchester Siti”/"Al Ahli", Jazoir), Andre-Frank Zambo-Angissa ("Napoli", Kamerun), Vensan Abubakar ("Beshiktosh", Kamerun), Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr), Ashraf Hakimi (PSJ, Marokash),  Sofyan Amrabat ("Fiorentina"/"Manchester Yunayted", Marokash), Yassin Bunu ("Sevilya"/"Al Hilol", Marokash), Yussef En-Nesiri ("Sevilya", Marokash), Viktor Osimxen ("Napoli", Nigeriya), Sadio Mane ("Bavariya"/"Al Nassr", Senegal) kiritilgan.

Taqdirlash marosimi 11 dekabr kuni Marokashning Marrakesh shahrida Kongresslar saroyida bo'lib o'tadi.

O'tgan yili shu paytda "Bavariya"da o'ynagan Sadio Mane Afrikaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cafonline.com