Afrikaning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi? Nomzodlar e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 12:35
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) qitaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun 34 nomzod ro'yxatini e'lon qildi.

Nomzodlar orasida quyidagi mashhur futbolchilar mavjud:

Muhammad Saloh (Misr, Liverpul), Riyad Marez (Jazoir, Manchester Siti), Sadio Mane (Senegal, Liverpul), Ahmad Musa (Nigeriya, Al-Nasr), Aleks Ayuobi (Nigeriya, Arsenal), Xakim Ziesh (Marokash, Ayaks), Kalidu Kulibali (Senegal, Napoli), Mexdi Benatia (Marokash, Yuventus), Per-Emerik Obameyang (Gabon, Arsenal), Nabi Keyta (Gvineya, Liverpul), Yasin Braimi (Jazoir, Portu).

G'olib nomi 2019 yilning 8 yanvar kuni Senegal poytaxti Dakarda o'tkaziladigan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi. O'tgan yil ushbu sovrin Salohga topshirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/caf_online