Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlar e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
12 iyul 2022, 19:43
Ro'yxatda 10 nafar futbolchi bor.

Afrika futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi nomiga da'vogarlar keltirib o'tildi.

Da'vogarlar ro'yxatidan ushbu sovrinning amaldagi g'olibi Sadio Mane ("Bavariya", Senegal), Riyad Marez ("Manchester Siti", Jazoir), Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr), Karl Toko-Ekambi ("Lion", Kamerun), Vensan Abubakar ("Al-Nassr", Kamerun), Sebastyan Aller ("Borussiya D", Kot-d'Ivuar), Nabi Keyta ("Liverpul", Gvineya), Ashraf Hakimi (PSJ, Marokash), Eduard Mendi ("Chelsi", Senegal) va Kalidu Kulibali ("Napoli", Senegal) joy oldi.

Yilning eng yaxshi terma jamoasi nomi uchun Burkina-Faso, Kamerun, Misr, Marokash va Senegal kurash olib boradi. G'oliblar konfederatsiya texnik qo'mitasi, jurnalistlar, terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlarining ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.

"CAF Awards 2022" taqdirlash marosimi 21 iyul kuni Marokashning Rabat shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC