Afrika millatlar chempionati-2023. Musobaqaning finalchilari ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
1 fev 2023, 10:40
Jazoirda hisob bo'yicha 7-marotaba o'tkazilayotgan Afrika millatlar chempionatining finalchilari aniqlandi.

Mezbonlar yarim finalda Nigerni 5:0 hisobida taslim etib, Senegal esa minimal natija (1:0) bilan Madagaskardan ustun kelgan holda hal qiluvchi bahsga yo'l olishdi.

3-o'rin uchun bahs 3 fevral (23:59) kuni Niger hamda Madagaskar o'rtasida bo'lib o'tadi. Final esa 4 fevral kuni (23:59) Barakidagi “Nelson Mandela” nomidagi o'yingohga belgilangan va unda Jazoir hamda Senegal bosh sovrin uchun bahs olib boradi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur musobaqaning Afrika Millatlar Ligasidan farqi unda faqat qitadagi milliy chemionatlarda harakat qilayotgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoalar ishtirok etadi. Yani, xorij klublarida o'ynayotgan futbolchilar qatnashmaydi.

Afrika millatlar chempionati-2023'da jazoirlik Aymen Maxius 5 ta gol bilan to'purar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia