Adrien Rabo Premer-ligaga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
13 dek 2022
Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik yarim himoyachi qishki transfer oynasida "Nyukasl"ga yo'l olishi mumkin.

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yarim himoyachi bilan ishlashni maqul ko'radi, biroq mutaxassis yozda futbolchi Turin klubi bilan yangi shartnoma imzolamasligini his qilmoqda.

"Nyukasl" yanvar oyida futbolchiga taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Premer-liganing boshqa klublari - "Arsenal" va "Chelsi" ham yarim himoyachini tarkibga qo'shib olishdan manfaatdor, biroq ular Raboni tekinga qo'lga kiritmoqchi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Calciomercato