Adriano Galliani: SSKA bilan aloqani ushlab turibmiz

Tolibjon Qosimov
20 avg 2013, 19:15
Milan vice-prezidenti Adriano Galliani klub hamon SSKA yarim himoyachisi Keysuke Xondaga qiziqayotganini ma'lum qildi.
Xonda? Biz doim Rossiya klubi bilan aloqani ushlab turibmiz. Ammo hozircha hech qanday yangilik yo'q.

Ammo agar qandaydir yangilik bo'lganida ham aytmagan bo'lardim, sababi biz SSKA bilan shunga kelishib olgandik, – deydi Galliani.

Eslatib o'tamiz, Xondaning SSKA bilan amaldagi shartnoasi dekabr oyida tugaydi, ammo yaponiyalik futbolchi Milanga mana shu yozdayoq o'tmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru