Adidas ehtiyoj ko'pligi tufayli Ronalduning liboslarini ishlab chiqarishga ulgurmayapti

Sherzod Nurmatov
4 sen 2021, 21:52
"Manchester Yunayted" muxlislarining Krishtianu Ronaldu nomi tushirilgan futbolkalariga bo'lgan talabi juda yuqori.

Klub texnik homiysi Adidas bunday miqdordagi liboslarni ishlab chiqarishga ulgurmayapti va bazi buyurtmalarni oktyabrgacha qoldirishga majbur bo'lmoqda.

Xabarga ko'ra, so'nggi yillarda "qizil iblislar"ning hech bir transferi muxlislar orasida bunchalik katta qiziqish uyg'otmagan.

36 yoshli Ronaldu "Real" tarkibida 9, "Yuventus" da 3 mavsum o'ynab, 12 yildan so'ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News