Adeyemi Xoland "Manchester Siti"ga o'tganidan so'ng "Borussiya"ga keladi

Alisher
10 may 2022, 12:44
"Zalcburg" forvardi Karim Adeyemi faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 20 yoshli nemis dortmundliklar bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

"Zalcburg" o'yinchi uchun 38 mln evro oladi, Adeyemi esa "Manchester Siti"ga ketadigan Erling Xolandning o'rnini egallaydi.

Adeyemi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano