Adebayor: "Bir kuni Mourinyu xet-trik qayd etgan Ronalduni "o'ldirgan"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2019
"Istanbul Bashakshexir" hujumchisi Emmanuel Adebayor fransiyalik murabbiyi Arsen Vengerni uning portugaliyalik hamkasbi Joze Mourinyu bilan solishtirdi.

Futbolchi Venger bilan "Arsenal"da, Mourinyu bilan "Real"da ishlagan.

"Biri xotirjam, ikkinchisi esa yo'q. Esimda, 1:2 hisobida yutqazayotgan edik. Terri Anri aqlda ozay deb turgandi. Venger kiyinish xonasiga kirdida, shunday dedi: "O'zingni bos, biz juda yaxshi o'ynayapmiz, to'pga egalik qilish bo'yicha natijamiz - 65%, krosslar soni 25ta. Terri esa menga quyidagi gaplarni aytgan: "Bu kimni havotirga solyapti? Biz yutqazyapmiz". Venger va Mourinyu orasidagi farq shunda.

"Real"dagi kunlarimning birida 3:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik. Ammo Mourinyu kiyinish xonasiga kirdida, hammani ruxan o'ldirdi. Bir marta u xet-trik qayd etgan Ronalduni "o'ldirgan". U shunday degan edi: "Hamma seni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deydi, ammo yomon o'ynayapsan. Menga eng yaxshi ekanligingni ko'rsat" - deydi Adebayor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail