
Biz mavsumni hali ham "kuchli to'rttalik"da yakunlay olishimizga ishonamiz. Bu natija biz uchun juda quvonarli bo'lardi. Chempionlar ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritishimiz kerak. Lekin hali yo'l uzoq. Shu bois voqealar rivojidan ilgarilab ketmaganimiz maqul. "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin biz uchun g'alabali odimlarimizni boshlash uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi. Mavsum davomida birorta sovrinni qo'lga kiritishni xohlardik. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Murabbiyimiz o'zi kelganidak buyon jamoa ancha o'sganini aytib o'tdi. Ammo hali birorta narsa yutmadik. Shu bois, nimadirga erishish uchun kurashamiz.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 11-turdan so'ng 14 ochko to'plagan holda, turnir jadvalida 11-pog'onani egallab turibdi.
Lallana esa 6 uchrashuvda maydonga tushgan va bitta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 11-turdan so'ng 14 ochko to'plagan holda, turnir jadvalida 11-pog'onani egallab turibdi.
Lallana esa 6 uchrashuvda maydonga tushgan va bitta gol urishga erishgan.