Abu Dabida yig'in o'tkazayotgan "Lokomotiv" mashg'ulotidan fotosuratlar

Xayrulla Xoliqov
4 yanv 2020, 00:36
"Lokomotiv" 3 yanvardan BAA poytaxti Abu Dabida yig'in boshladi.

15 yanvarga qadar davom etadigan yig'in chog'ida "temiryo'lchilar" ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Dastlabkisi 11 yanvar kuni Shotlandiyaning "Glazgo Reynjers" klubiga qarshi kechsa, ikkinchi nazorat bahsi 14 yanvarda Xitoyning "Jiangsu Suning" jamoasi bilan bo'ladi. 

Xabaringiz bor, "Loko" 21 yanvar kuni OCHL pley-off bosqichi doirasida o'z maydonida Tojikistonning "Istiqlol" klubini qabul qiladi. Jamoa hozir mana shu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Quyida "Lokomotiv"ning Abu Dabidagi mashg'ulotidan dastlabki fotosuratlarni taqdim etamiz.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz