Abraxam uchun dunyoning eng zo'r hujumchisi kim?

Alisher
9 okt 2019
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Temmi Abraxam o'zi uchun dunyoninig eng kuchli hujumchisi kim ekanligini aytdi.

"Keyn? U men uchun dunyoning eng yaxshi forvardi. Men yaqinda Barkli bilan gaplashdim va u ham Keyn kabi kuchli forvardni ko'rmaganligini aytdi.

Agar Keynga jarima maydonchasi ichida imkoniyat bersangiz, 10ta imkoniyatdan 9tasida foydalanadi.

Aynan shuning uchun men Keyndan o'rnak olaman va unga o'xshashga harakat qilaman", - deydi Abraxam.

Qayd etish kerakki, Abraxam joriy mavsum Premer-ligada o'z kumiridan ko'ra yaxshiroq natija qayd etmoqda. Yosh hujumchi hozirgacha 8ta gol urgan bo'lsa, Keyn 5 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Evening Standard