Abraxam: "Roma" sovrinlar uchun kurashishga loyiq"

Sherzod Nurmatov
17 avg 2021, 21:29
Angliyalik hujumchi Temmi Abraxam "Chelsi"dan "Roma"ga transfer qilingani haqida fikr bildirdi.

"Senga qaysi klub qiziqayotgani darhol bilinadi – bu "Roma" misolida bilindi. 

"Roma" sovrinlar uchun kurashishga loyiq. Menda muhim sovrinlarga ega chiqish tajribasi bor. "Roma" yuqori darajaga chiqishiga yordam bermoqchiman.

Ushbu klubning "to'qqizinchi raqami" bo'lish men uchun sharaf. Ishga kirishishni intizorlik bilan kutyaman", – dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com