Abraxam A Seriya rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
21 may 2022, 09:50
Italiya chempionati 38-turida “Roma” safarda “Torino”ni yirik hisob (3:0)da engib, Yevropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda dublga erishgan rimliklar forvardi Temmi Abraxam musobaqadagi gollari sonini 17 taga etkazib, A Seriya mavsumi davomida eng ko'p gol urgan ingliz futbolchisiga aylandi.

Avvalgi rekord esa 1961/62 yilgi mavsum “Inter” a'zosi Jerri Xitchens tomonidan qayd etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru