

Advokat Aleksandr Dobrovinskiy "Match TV" telekanalining "Mavzu bor" ko'rsatuvida Abramovich Rossiya futboliga e'tiborini qaratgani va tez orada mahalliy klubni sotib olishi mumkinligi haqida mish-mishlar borligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Ukrainadagi vaziyat tufayli Roman Abramovich 2003 yildan beri egalik qilib kelayotgan Londonning "Chelsi"sini sotmoqda.



