Abidal: "De Ligt "Barselona"ga o'tishni xohlamagan edi"

Alisher
19 noya 2019, 10:26
"Barselona" sport direktori Erik Abidal yozda De Ligt nega Kataloniya jamoasiga o'tmaganligi haqida gapirdi.

"De Ligt "Barselona"ga o'tishni xohlamagan edi. U bizning jamoaga o'tmasligini ochiq-oydin ko'rsatdi.

U faqat o'ynashni xohladi, "Barselona"da esa bu 100% kafolatlanmagan.

U bizning jamoa sharafini himoya qilmoqchi bo'lganmi yoki yo'q, buni aniq aytolmayman. Ammo, "Yuve"ga o'tganidan so'ng u xohlamaganini tushunganman", - deydi Abidal.

Eslatib o'tamiz, Matteys De Ligt yozda "Ayaks"dan "Yuventus"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru