Abdusapi Qayumov bugun final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2016
FIFA virtual futbol o'yini bo'yicha bir necha karra O'zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar sovrindori Abdusapi Qayumov bugun Project X turniri mag'lublar to'rining yarim finalida "Rage" jamoasining Anmoff nikli o'yinchisiga qarshi kurash olib boradi.

Agar hamyurtimiz shu va yana 2 ta raqibini mag'lub eta olsa, Project X turnirining GRAND FINALIda ishtirok etadi.

"Anmoff"ga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi va siz bu o'yinlarni to'g'ridan-to'g'ri ushbu manzil orqali tomosha qilishingiz mumkin: JONLI EFIR

Turnir to'ri



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia