Abdusamad Do'rmonov: "Pro ligani translyatsiya qilinishi quvonarlidir"

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2020, 21:49
Pro liga 3-turi doirasida o'tkazilgan "Oq-tepa" va "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinni ko'rdilar, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Lekin, to'p darvozaga kirmadi. Futbol shunaqa narsa, yaratilgan yarimta imkoniyatdan ham foydalanish kerak. Hujumchilarimizda sovuqqonlik yetishmadi. U himoyachimi yoki hujumchimi doim o'z ustida ishlashi lozim. Yakunda durang qayd etdik. Umuman olganda yaxshi o'yin bo'ldi. Futbol bizni hayotimiz. G'alaba va mag'lubiyatlar bo'p turadi. 

Dilyorbek Ermatovni jarohati bor. Shu bois unga bugun dam berdik. Umid qilamizki keyingi o'yinga qadar safimizga qaytadi. Jamoadagi barchaga ishonch bildirishga harakat qilyapmiz. 

Pro ligani translyatsiya qilinishi yaxshi narsa bo'ldi. Barcha ko'rishi, kuzatib borishi kerak. Bu ham bizni futbolimizni bir qismi. Boz ustiga hozir pandemiya sabab muxlislar stadionga kiritilmayapti. Shuning uchun ishqibozlar ham Pro ligani teleekran orqali tomosha qilib borishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Albatta, Superligaga chiqishga imkoniyatlarimiz etadi. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz",- deydi Abdusamad Do'rmonov. 

Jahongir Fayzullaev yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia