
- Aytish kerak, bugun har ikkala jamoa ham yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Bizda ham, mehmonlarda ham darvozani ishg'ol qilish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Aniqrog'i, biz mehmonlarga nisbatan ko'proq xavfli hujumlarni tashkil qila oldik. Biroq gol urishga kelganda “Oq-tepa” futbolchilari o'zlarini ko'rsatishdi. Tajriba borasida ustun bo'lgan raqiblar aynan o'z tajribalarining hisobiga bugun g'alabaga erishishdi, deb o'ylayman. Yigitlarga etirozim yo'q, ular qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi.