

- Bugungi uchrashuv borasidagi fikrlaringiz?
- Samarqandda og'ir uchrashuv bo'lishini kutgandik. Chunki, Dinamo Oliy Ligadan quyi ligaga tushgan bo'lsada, hozirda yana Oliy Ligaga qaytishni maqsad qilgan. Shuni bilgan holda Samarqandga puxta tayyorgarlik bilan kelgandik. Shu bilan birga raqib ham bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rganligi ko'rindi. Ular tajriba bobida ustun kelishdi. Bugun omad ham ular tomonda bo'ldi va g'alaba qozonishdi. O'ylaymanki, keyingi o'yinlardan biz yana maqsadimiz sari olg'a intilamiz.
- O'yin juda keskin o'tdi, ogohlantirishlar, chetlatish va penalti. O'yinga nimadir ta’sir qildimi?
- Uchrashuvning keskin va asabiy o'tishini kutgandik. Hakamlar qarorlariga kelsak, ularni ishini baholash mening emas, nazoratchilarning vakolatiga kiradi. Men faqat shogirdlarim o'yini haqida gapirishim mumkin.
- UzDongJu 3-turda Zominga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Bahs o'tkazilmagach, jamoangizga texnik g'alaba yozildi. Shu kuni Yangiyerdagi o'yin o'tkazilmasligiga nima sabab bo'ldi?
- Mezbon jamoa Zomin o'yinning Yangiyerda o'tishini ma'lum qilgandi. Uchrashuvga o'z vaqtida yetib bordik, ammo Yangier stadionida o'yin o'tkazilmasligini bildirishdi. Bizga aytilishicha, mezbon jamoa va stadion Yangiyerda o'tishi kerak bo'lgan o'yinni Sirdaryo viloyati IIBga ma'lum qilmagan. Yani ularga aytib, ruxsat olishmagan. Chunki stadionda tartibni saqlash xodimlari bo'lishi shart.
- UzDongJu 4 o'yinda 9 ochko jamg'ardi. Bu yomon natija emas. Klub oldiga muayan vazifa qo'yilganmi?
- Albatta. Har bir klub va murabbiyning o'z oldiga qo'ygan maqsadi bo'ladi. Bilasiz, UzDongJu 2008 yilda Oliy Ligada ishtirok etgandi. Bu yil ham birinchi o'rinni egallab, Oliy Ligaga chiqishni maqsad qilganmiz.
Dinamo Matbuot xizmati.



