Abduqodir Husanov sayyoraning eng tezkor 10 nafar futbolchisi qatoriga kiradimi?

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2026, 16:17
speedsdb.com sayti futbolchilarning tezligi borasidagi ma'lumotlarni taqdim etib bormoqda. Biroq u yerdagi raqamlar u qadar aniq emas.

Xususan, "Manchester Siti" va O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2025 yil 8 mart kuni "Nottingem Forrest"ga qarshi o'yinda 36,29 km/soat tezlik qayd etgan, lekin bu ko'rsatkich reytingda inobatga olinmagan. Bundan tashqari, Husanov "Lans" safida harakat qilgan vaqtida ("Reyms"ga qarshi bahsda, 2024 yil 29 noyabr) 37 km/soat tezlikka erishgan edi.

Shu tariqa, Abduqodir Husanov yo sayyoraning eng tezkor 10 nafar futbolchisi qatoridan joy olgan, yoki kamida kuchli o'nlikka juda yaqin masofada turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: speedsdb.com