Abduqodir Husanov – YCHLda maydonga tushgan o'zbekistonlik sakkizinchi futbolchi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023, 12:25
O'zbekiston terma jamoasi va Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov tarixiy natijaga erishdi.

Abduqodir Chempionlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi bellashuvning 62-daqiqasida Jonatan Gradi o'rniga maydonga tushib, musobaqada debyut qildi.



Shu tariqa Husanov Oleg Pashinin, Vladimir Maminov, Sefer Alibaev, Nikolay Turchinenko, Maksim Shackix, Jafar Irismetov, Jasur Yaxshiboevdan keyin YCHL final bosqichida maydonga tushgan sakkizinchi o'zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Shuningdek, 19 yoshli himoyachi YCHLda qatnashgan eng yosh o'zbekistonlik futbolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia