

Penaltilar seriyasida omad "temiryo'lchilar"ga kulib boqdi. Uchrashuvdan so'ng jamoa darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov fikrlarini bildirdi.
"Eng muhimi g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldik. Chunki mana bir necha yildirki kubok bilan nimchorak finalda xayrlashayotgandik. Jamoamiz zarur paytda xarakter ko'rsatdi.
Penaltilar seriyasida ruhiy jihat va omad muhim rol o'ynaydi. So'nggi daqiqalarda bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lsakda, yakunda ijobiy natijaga erishdik. Qizil kartochka o'yinda bo'lib turadigan holat",- deydi Abdumavlon Abdujalilov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



