
"Hakamlar bilan yig'ilib futzal o'ynadik. Bir maydonda turli soha vakillari to'p tepishdi. O'yinlar shiddatli kechdi. Musobaqani ko'plab muxlislar tomosha qilishdi. Yurtimizda futzalga bo'lgan e'tibor oshib bormoqda. Fevral oyidagi osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz, kamida yarim finalga chiqib Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'lishlariga tilakdoshmiz. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi deb bejizga aytishmaydi", - deydi Abdulhamidullo Rasulov.
